Umra ziyorati tashkilotchilarining litsenziyalari to‘xtatildi
Toshkent shahar turizm boshqarmasi Umra ziyoratini tashkil etish bilan shug‘ullangan olti kompaniyaning litsenziyasini to‘xtatdi, deb xabar berilmoqda Turizm qo‘mitasining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston hukumatining qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-noyabrdan boshlab bunday sayohatlarni faqat mahalliy turoperatorlar tashkil qilishi mumkin. Buning uchun maxsus litsenziya talab qilinadi.
Qo‘mita hisobotida ta’kidlanishicha, Umra safarini litsenziyasiz tashkil etuvchi 23 firmaga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Ammo ulardan oltitasi buni o‘z vaqtida uddalay olmadi. Natijada «Orzu Travel», «Lastochka – Planeta», «Premier Wanderlust», «Bobissalam-Travel», «Muslim-Tour MT» va «Delta Smart Project» kompaniyalari uchun chiqish turizmi litsenziyalari 10 kunga toʻxtatildi.
Turizm qoʻmitasi fuqarolardan noxush holatlarga tushib qolmaslik uchun ehtiyot boʻlishni va litsenziyasi boʻlmagan kompaniyalar xizmatlaridan foydalanmaslikni soʻradi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda umra marosimlarini tashkil qiluvchi sayyohlik kompaniyalari reytingi paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.