Gollivud aktyori Leonado Di Kaprio o‘zining Instagram’dagi sahifasida Qozog‘iston xalqini sayg‘oqlar sonining ko‘payishi bilan tabrikladi.
«Bu misli ko’rilmagan tiklanish Qozog’istonda sayg’oqlarning ajoyib darajada saqlanib qolganligini ko’rsatadi. 2005-yilda bir paytlar 48 000 individni tashkil etgan bu tur yovvoyi tabiatda 1,9 milliondan ortiq individga yetdi. Brakonerlikka qarshi kurash, muhofaza qilish tizimini kuchaytirish va yangi qo‘riqlanadigan hududlarni yaratishga katta mablag‘ sarflagan Qozog‘iston hukumatini tabriklaymiz. Uning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, universitetlar va olimlar bilan hamkorligi birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha haqiqiy muvaffaqiyatning yorqin namunasidir», – deb yozadi Leo.
Ayni paytda, populyatsiyaning tez o’sishi tufayli Qozog’istonda sayg’oqlar soni tartibga solinishi kerak bo’lgan hayvonlar sifatida tan olindi va otish uchun litsenziyalar berila boshlandi.