O‘zbekistonda “Milliy sport mukofoti-2023” topshirildi

eʼlon qilindi
Bokschi Abdumalik Xaloqov yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi
Foto: Milliy olimpiya qo’mitasi

24-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekistonda 2023-yil uchun «Milliy sport mukofoti»ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mukofotlar sportchilar, murabbiylar, tadbir tashkilotchilari va ixtisoslashtirilgan maktablarga topshirildi, deya xabar beradi Olimpiya qo‘mitasi.

Qilichboz Guliston Perdiboyeva eng yaxshi yosh sportchi deb topildi. Yil kashfiyoti Ziyodaxon Abdusattorova bo’ldi, u kamondan otish bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi tarixida birinchi marta Olimpiya o’yinlari litsenziyasini qo’lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida bokschi Abdumalik Xaloqov, ayollar o‘rtasida gimnastikachi Taxmina Ikromova yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Paralimpiya yo‘nalishlarida Xaitmurod Sherqo‘ziev va Asila Mirzayorovaning yutuqlari qayd etildi.

Foto: Milliy olimpiya qo’mitasi

Yilning eng yaxshi murabbiyi deb O’zbekiston velosport jamoasini tayyorlashga mas’ul bo’lgan Gleb Groysman topildi. Shuningdek, hakamlar, sport shifokorlari, fotograflar, blogerlar va jurnalistlarga mukofotlar topshirildi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 2023 yilgi sport federatsiyasi deb e’tirof etildi va eng yaxshi jamoa dzyudo bo‘yicha respublika terma jamoasi bo‘ldi. Sakkizta ixtisoslashtirilgan maktab ham mukofotlarga sazovor bo’ldi.

Foto: Milliy olimpiya qo’mitasi

«Kursiv» avvalroq Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga 10 ming dollar mukofot berilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek