Shaxmat boʻyicha jahon chempionati ochilish marosimi boʻlib otdi

Bugun, 25-dekabr kuni shaxmat boʻyicha jahon chempionati press-konferentsiyasi va ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi «Kursiv» jurnalisti.
Press-konferentsiyada FIDE xalqaro shaxmat federatsiyasi raisi Arkadiy Dvorkovich, yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Oʻzbekiston shaxmat federatsiaysi raisi Alisher Sadullayev, asosiy davogar va 16-jahon chempioni Magnus Karlsen va tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempioni hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etishdi.
«Kursiv» jurnalisti Magnus Karlsenga savol berdi: sizdan tashqari chempionlikga asosiy davogar kim?
«Mumkin bo’lgan natijalar haqida biror narsa deyish qiyin. Biroq, rapid boʻyicha Nodirbek Abdusattorov chempionlik uchun favorit boʻladi»- deb javob berdi norvegiyalik grossmeyster.

Avvalroq, “Kursiv Samarqandda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi 12 milliard so‘mdan oshdi, deb xabar bergan edi.