26-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarni qiymati 7,20 so‘mga ko‘tarildi. Bugun mamlakatning Markaziy banki AQSh valyutasini kursini 12 354,83 so‘m darajasida belgiladi.
Respublika tijorat banklari dollarni 12 285 – 12 340 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 390 – 12 410 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan uch kun davomida dollarning kursi 42,34 so‘mga pasaygan edi. 21-dekabr uning qiymati 20,13 so‘mga, 22-dekabr — 12,73 so‘mga, 25-dekabr kuni esa 9,48 so‘mga arzonlashgan edi.