Samarqand shahrida start berilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida «Kursiv» jurnalisti FIDE raisi Arkadiy Dvorkovichga savollar berdi.
«O’ylaymanki, bu turnirlarda raqobat yuqori bo’ladi va Magnus Karlsen aytganidek, agar blitsda u yaqqol favorit bo‘lsa, rapidda da’vogarlar ko‘p bo‘lishi mumkin. Agar o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapiradigan bo‘lsak, so‘nggi paytlarda Nodirbek Abdusattorov ham, Javohir Sindarov ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda» – dedi FIDE raisi.
– Bu ularga chempion bo‘lishga imkon beradimi, haddan tashqari hayajon bo‘lmaydimi?
«Ko‘ramiz. (Mahaliy) devorlar yordam beradi, degan ibora bor, lekin boshqa tomondan, bunday daqiqalarda asablar ham bardosh bera olmaydi. O‘ylaymanki, ayollar o‘rtasida o‘zbek shaxmatchilari hali ham mahoratini oshirishlari kerak va bu jahon chempionati ular uchun o‘z iqtidorini namoyon etishi uchun ajoyib sinov bo‘ladi. Rossiyalik shaxmatchilar esa eng yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishadi, albatta. Aleksandra Goryachkina, Valentina Gunina va Aleksandra Kostenyuk – ularning barchasida yaxshi imkoniyatlar bor»- deb javob berdi Dvorkovich.
– Shaxmatchilarni yoki jahon shaxmatida kimga ahamiyat berish kerakligini etolasizmi?
« Magnus Karlsenning o‘zi hamyurtingiz Nodirbek Abdusattorovni alohida ta’kidlab, uni asosiy iste’dod deb biladi. Yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarga e’tibor qaratsangiz, dunyoning har bir burchagida iste’dodli shaxmatchilar bor. O’smirlar o’rtasidagi jahon chempioni, fransiyalik shaxmatchi Mark-Andria Maurittsini alohida ta’kidlashim mumkin. Rossiyalik shaxmatchilar Andrey Esipenko va Volodar Murzin bor. Tabiiyki, buyuk shaxmatchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan hind shaxmatchilarining butun bir guruhi hali ham mavjud, menimcha bu hozirgi paytda asosiy nomlardir»- deb takidladi xalaqaro shaxmat federatsiyasi raisi.
Avvalroq, «Kursiv» Shaxmat boʻyicha jahon chempionati ochilish marosimi boʻlib otdi, deb xabar bergan edi.