Rapid bo‘yicha ikkinchi tur natijalari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Magnus Karlsen Denis Hismatullin ustidan birinchi g‘alabaga erishdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Samarqandda rapid bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi bosqichi yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov Endryu Hong ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Javohir Sindarov Klementiy Syichyev bilan durrang o‘ynadi.

Magnus Karlsen Denis Hismatullin ustidan birinchi g‘alabaga erishdi.

Levon Aronyan Samvel Ter-Shakyan bilan durrang natijasini qayd etishdi.

Yan Nepomnyashiy Ernur Amangeldi bilan durrang natijasiga rozi bo‘lishdi.

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Denis Mahnev Karuano Fabiano bilan durrang natijasini qayd etishdi. Ayollar o‘rtasidagi bahs ham xuddi shunday natija bilan yakunlandi. Gap Umida Omonova va Amina Kairbekova haqida ketmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» Samarqandda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida rapid bo‘yicha 1-tur natijalari ma’lum bo‘ldi, deb e’lon qilgan edi.

Shuningdek