LOT Polish Airlines aviakompaniyasi Toshkent va Varshava o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasi Varshava va Toshkent oʻrtasida muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Birinchi reys 2024-yilning aprel-iyun oylariga rejalashtirilgan. Parvozlar haftada to’rt marta amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning bahor-yoz paytida Polshaning aviatashuvchisi ikki davlat poytaxtlari oʻrtasida charter reyslarini amalga oshirgan edi.
LOT Polsha Airlines aviakompaniyasi 1929 yilda tashkil topgan. Kompaniyaning bosh ofisi Varshavada joylashgan. Tashuvchining parki Boeing, Embraer va Bombrdier samolyotlaridan iborat bo‘lib, ularning o‘rtacha yoshi 9,6 yil.
Avvalroq, «Kursiv» Indoneziyaning Batik Air aviakompaniyasi Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshirgani haqida yozgan edi.