Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) davlatlari rahbariyatining yigʻilishida ishtirok etish uchun dushanba kuni kechqurun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi, deb xabar qildi respublika rahbari matbuot xizmati.
Pulkovo aeroportida Mirziyoyevni Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati maʼmuriyati vakillari kutib oldi.
TASS agentligining xabar berishicha, MDH davlatlari rahbarlarining sammiti norasmiy tarzda o‘tadi. Unga Rossiya prezidenti Vladimir Putin mezbonlik qiladi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari 2023-yil yakunlarini sarhisob qilishi, hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishi kutilmoqda.
«Kursiv» avvalroq yozganidek, Mirziyoyev va Putin oxirgi marta 29 noyabr kuni telefon orqali gaplashgan. O‘sha kuni prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.