O‘zbekistondan uzum eksporti 55 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Daromad deyarli 81 million dollarni tashkil etdi
Foto: anmbph / www.depositphotos.com

O‘zbekiston 2023-yilning 11 oyida xorijga qariyb 121 ming tonna uzum sotdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport 55 foizga kamaydi, deb xabar beradi EastFruit portali.

2023-yilda sotilgan uzum 80,8 million dollar daromad keltirdi.

Umuman olganda, yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 1,6 million tonna meva-sabzavot eksport qildi. Bu 2022 yildagi ko‘rsatkichdan 1,4 foizga ko‘pdir. Asosiy bozorlar Rossiya, Pokiston, Xitoy va Qozog’iston edi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘zbek uzumini xorijga eksport qilishda hosil unchalik katta bo‘lmagani uchun uning qimmatligi to‘sqinlik qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek