Samarqandda o‘tkazilayotgan jahon chempionatida rapid bo‘yicha 1-tur natijalari ma’lum bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hamyurtlarimiz 1-turda yaxshi natijalarga erishishdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Rapid bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz 1-turda yaxshi natijalarga erishishdi.

Nodirbek Abdusattorov (reyting – 2727) niderlandiyalik Vroliyk Liam(2498) ustidan g‘alaba qozondi. Javohir Sindarov(2625) ham Muhiddin Madaminov (2415) ustidan g‘alabani nishonladi.

Ayollar o‘rtasida Afruza Hamdamova (2153), Marjona Malikova (1743) va Umida Omonovada (2331) birinchi g‘alabani o‘z hisoblariga qo‘shishdi.

 Magnus Karlsen (2818) chernogoriyalik Nikita Petrov (2509)bilan durrang o‘ynadi.

Levon Aronyan (2762) Aleksandr Ryazantsev (2504) ustidan g‘alaba qozondi.

Yan Nepomnyashiy(2778) serbiyalik Mihail Bryakin (2508) bilan durrang natijasini qayd etdi.

Qozog‘iston vakili Denis Mahnev (2504) fransiyalik grossmeyster Maksim Vashye- Lagrav (2767) bilan durranga rozi bulishdi.

Ayollar o‘rtasida amaldagi jahon chempioni qozog‘izstonlik Bibisara Asaubayeva(2436) rossiyalik Darya Voit bilan durrang natijasini qayd etdi.

Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Avvalroq, «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik shaxmatchini mag‘lub etdi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek