Yangiliklar

Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati qur’a tashlash marosimi natijalari e’lon qilindi

Turnirning ayollar qismiga amaldagi jahon chempioni Ju Venjun va sobiq jahon chempionlari kiradi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

26-30-dekabr kunlari shaxmat bo’yicha taniqli shaxmatchilar, jumladan, amaldagi va sobiq chempionlar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o‘tadi.

Avvaliga, 26-28 dekabr kunlari rapid turniri, keyin esa 29 va 30-dekabr kunlari ikki kunlik jahon blits turniri bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar orasida Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy, Fabiano Karuana, Levon Aronyan va boshqalar bo‘ladi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Magnus Karlsen rapid va blits turnirining ochiq qismida oqlar bilan o‘yin boshlaydi.

Turnirning ayollar qismiga amaldagi jahon chempioni Ju Venjun va sobiq jahon chempionlari kiradi. Qur’a tashlash bo‘yicha Ju Venjun va Ley Tingjie oq shaxmat donalari bilan boshlashadi.

Foto: Silk road Samarkand

Avvalroq, «Kursiv» jurnalisti FIDE raisi Arkadiy Dvorkovichga savollar berdi. U shaxmatchilardan qaysi biri g‘alaba qozonish imkoniyati borligini aytdi.