Emitentlarning moliyaviy hisobotlari korporativ axborot portalida paydo bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        ILMA ma'lumotlariga ko'ra
                    
                            
Yagona korporativ axborot portalida endilikda emitentlarning yillik va choraklik hisobotlaridan foydalanish imkoniyati joriy etildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA).
Veb-saytda siz emitentlarning moliyaviy ma’lumotlarini grafik va jadvallar ko’rinishida olishingiz mumkin. Portal foydalanuvchilari fond birjasidagi savdo natijalari bilan ham tanishishlari mumkin.
Emitentlar – o’z faoliyatini rivojlantirish va moliyalashtirish uchun qimmatli qog’ozlar chiqaradigan tashkilotlar.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent Respublika fond birjasi yangi Free of Payment (FoP) savdo platformasini ishga tushgani haqida yozgan edi.
