Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Ozarbayjon va Gruziya kompaniyalari tomonidan «Turon» xalqaro qayta sugʻurta puli tashkil etildi. Toshkentda uni yaratish boʻyicha memorandum imzolandi, deb xabar berdi Qozogʻistonning Forbes nashri.
Innovatsiyadan maqsad Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bozorining ortib borayotgan ehtiyojlari fonida xavflarni minimallashtirishdan iborat.
Qurilish, energetika, mulk, fuqarolik javobgarligi, flot va aviatsiya, shuningdek, moliya sohalaridagi tavakkalchiliklar qayta sug‘urtalanadi.
Uyushma ishtirokchilari orasida Apex Insurance, Halyk, AzRe Resurance va Aldagi bor. Dastlab Halyk va AzRe Resurance loyihaga 2 million dollar, Apex Insurance 1,5 million dollar, Aldagi 0,5 million dollar sarmoya kiritadi.
Loyiha Amerikaning Marsh & McLennan Companies firmasi tomonidan boshqariladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda sug‘urtachilar soni 52 foizga oshgani haqida yozgan edi.