Yangiliklar

O‘zbekistonga ananas importi deyarli ikki baravar oshdi

Bu mevalar respublikaga to‘qqiz davlatdan kelgan
Foto: Unsplash

2023-yilning yanvaridan noyabrigacha O‘zbekistonga 1,3 ming tonnaga yaqin ananas import qilingan. Bu bir yil oldingiga nisbatan deyarli ikki baravar (594 tonna) ko’pdir, deb xabar beradi EastFruit portali.

Ushbu hajmning yarmidan ko’pi (756,5 tonna) Xitoydan kelgan. Import hajmi bo’yicha Qozog’iston ikkinchi o’rinni (280,4 tonna), Kosta-Rika uchinchi o’rinni (103,4 tonna) egalladi. Jami ananas respublikaga to‘qqizta davlatdan yetkazib berildi.

Bir kun avval «Kursiv» 2023-yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonga 85,2 million dollarga yaqin 120 ming tonna banan import qilinganini yozgan edi.