Putin va Mirziyoyev nima haqida gaplashdi
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning norasmiy sammiti doirasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Mirziyoyev matbuot xizmati.
Davlat rahbarlari tovar ayirboshlash o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasida hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida avval erishilgan kelishuvlarni qanday amalga oshirishni muhokama qildilar.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, oʻz navbatida, Putin Mirziyoyev bilan gaz sanoatidagi hamkorlikni muhokama qilganini aytdi. Rossiya Federatsiyasi rahbari Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Tokayev bilan suhbatda ham shu mavzuni ko‘tardi.
«Kursiv» yozganidek, Mirziyoyev Sankt-Peterburgga 25-dekabr, dushanba kuni kechqurun yetib keldi.