Toshkent yaqinida 200 million so‘mlik pirotexnika vositalari topildi
Bojxona xodimlari boshqa idoralar bilan birgalikda 200 million so‘mlik pirotexnika vositalarining olib kirishiga chek qo‘ydi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Oxangaron tumanida avtomashinani koʻzdan kechirish chogʻida 175 ming dona petarda va salyutlar topilgan. Pirotexnika vositalari kiyim niqobi ostida sumkalarda olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan 5 million donaga yaqin pirotexnika vositalari musodara qilingan edi.
2021-yilda O‘zbekiston hukumati pirotexnika vositalarini olib kirish va sotish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirdi. Jumladan, mamlakatimizga petarda va feyerverk olib kirish va sotish taqiqlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» poytaxtda qiymati bir milliard so‘mlik pirotexnika vositalari va sigaretalar topilgani haqida yozgan edi.