Toshkent yetti balllik tirbandlikda qolib ketdi
eʼlon qilindi
Yandex xaritalariga ko'ra

27-dekabr, chorshanba kuni Toshkentda yetti ballli tirbandlik yuzaga keldi, bu haqda Yandex xaritalari maʼlumotlari maʼlum qildi.
«Chorsu» bozori, Islom Karimov nomidagi aeroport, Shastri nomidagi 24-maktab, Hofiz Ko‘xaki masjidi, «O‘zbekiston» metro bekati va boshqa ko‘chalar yaqinida avtomobillar to‘planib qolgan.

Avvalroq, «Kursiv» 19 dekabr kuni Toshkentdagi tirbandliklar haqida yozgan edi.