Ural Airlines Krasnoyarskdan Oʻzbekistonga parvozlarni boshlaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yanvar oyining o'rtalaridan boshlab
                    
                            
Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasi 13-yanvardan boshlab Krasnoyarskdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi «Kommersant».
Hozirda ushbu yoʻnalish boʻyicha «Rossiya» va Uzbekistan Airways aviakompaniyalari parvozlarini amalga oshirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya aviakompaniyalari Oʻzbekistonga parvozlarga qiziqish ortgan. «Rossiya», Smartavia, Nord Star va «Yakutiya» aviatashuvchilari Krasnoyarsk – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar uchun ariza topshirishgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Ural Airlines Yekaterinburgdan Farg’onaga parvozlarni boshlagani haqida yozgan edi.