«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi kelgusi yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston milliy investitsiya agentligi direktori o‘rinbosari Jalin Jeenaliyev ma’lum qildi.
Bungacha XXR qurilishni muzlatishga qaror qilgani haqida ma’lumot bor edi. Biroq bu xabarlarni Qirg‘iziston hukumati va «Qirg‘iz temir jolu» kompaniyasi rad etdi.
Noyabr oyi oxirida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Oqilbek Japarov loyihani amalga oshirish kelasi yildan boshlanishini aytdi.
Bungacha Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi 2023-yilda boshlanishi rejalashtirilgan edi.
Xitoydan Oʻzbekistongacha boʻlgan loyiha qiymati 3 milliard dollardan 5 milliard dollargacha boʻlgan yoʻlning uzunligi qariyb 450 kilometrni tashkil etadi. Yo‘nalishning katta qismi (taxminan 280 km) Qirg‘iziston Respublikasi hududidan o‘tadi.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasiga Belarus qo‘shilishi mumkinligini yozgan edi.