Boylar boyib ketishda davom etdi
Dunyoning eng badavlat kishilarining aksariyati beqaror siyosiy va iqtisodiy muhitga qaramay, 2023-yilda o‘z boyliklarini oshirdi. The Guardian nashri shunday xulosaga keldi.
Dunyodagi eng boy 50 milliarderdan atigi 12 kishining puli yil yakunida kamaydi. Bundan tashqari, eng boy 500 kishining taxminan 77 foizi yanada boyib ketishdi.
Milliarderlar ro’yxatini Tesla, SpaceX va X (sobiq Twitter) bilan tanilgan amerikalik tadbirkor Ilon Mask boshqaradi. Uning boyligi 235 milliard dollarga baholangan.Bu mablag‘ o‘tgan yilga nisbatan qariyb 98 milliard dollarga ko‘pdir. Mask nafaqat X ijtimoiy tarmog’ini boshqarishi bilan bog’liq moliyaviy yo’qotishlarning oldini olishga, balki Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchisini rivojlantirish orqali daromadni oshirishga ham muvaffaq bo’ldi.
Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerbergning boyligi ham oshdi — 45 dan 128 milliard dollargacha.Bu Meta qiymatining 172 foizga oshishi hisobiga yuz berdi.
Indoneziyalik investor Prajogo Pangestu 2023 yilda eng tez boyib ketdi. Geotermal energiyaga kiritilgan sarmoyalar unga boyligini yetti barobar oshirish imkonini berdi, bu hozirda 31,5 milliard dollarga baholanmoqda.
Eng boy odamlar ro’yxatida amerikalik erkaklar ustunlik qiladi. Birinchi o’ntalikka AQSHdan tashqari dunyodan faqat bitta vakil kirdi: LVMH hashamatli guruhiga egalik qiluvchi frantsuz Bernard Arno.
Nashr shuningdek, rossiyalik oligarxlar Vladimir Potanin va Aleksey Mordashovlar ham o‘z boyliklarini ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lganini qayd etgan.
Avvalroq, «Kursiv» Henley & Partners ma’lumotlariga ko’ra, millionerlar qaysi davlatlarga borishi haqida yozgan edi.