Yangiliklar

Dollarning narxi 12 340 so‘mdan arzonlashdi

Uning qiymati 12 338,77 so‘mni tashkil qildi
Foto: Brett Hondow / Pixabay

28-dekabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarni qiymati 12 338,77 so‘mni tashkil qildi. Bugun AQSh valyutasining kursi 11,39 so‘mga pasaydi.

Respublika tijorat banklari dollarni 12 280 – 12 340 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 360 – 12 410 so‘mdan sotishmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 27-dekabr kuni AQSh valyutasining kursi 4,67 so‘mga tushgani haqida yozgan edi.