Kichik biznes subyektlari tomonidan 9,3 trillion so‘m soliq to‘langan

eʼlon qilindi
Soliq qo'mitasining statistik ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Unsplash

Joriy yilning 11 oyi yakunlariga koʻra, kichik biznes subʼyektlari tomonidan 9,3 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlovlari amalga oshirildi, deb xabar qildi Soliq qoʻmitasi.

Shu davrda kichik korxonalarning tovar aylanmasi 129,5 trillion so‘mdan oshdi. Ularga berilgan imtiyozlarning umumiy miqdori 3,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

Yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlari tomonidan qariyb 9 trillion so‘m soliq to‘langan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yagona tizimi yaratiladi. Platformani yaratishdan asosiy maqsad O‘zbekistonda tadbirkorlik faolligini rivojlantirishdan iborat.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kichik biznesni kreditlash hajmini oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida yozgan edi.

Shuningdek