Magnus Karlsen 2023-yildagi rapid bo‘yicha jahon chempioni
eʼlon qilindi
U yakuniy 13-turda hind shaxmatchisi bilan durang o‘ynadi va ochkolar sonini 10ga yetkazdi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat musobaqasida norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen rapid bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
Yakuniy 13-turda hind shaxmatchisi Rameshbabu Pragnanandha bilan durang o‘ynadi, ochkolar sonini 10ga yetkazdi va jahon kubogiga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga 29-dekabr kuni blitz bo‘yicha jahon chempionatiga start beriladi.
Avvalroq, «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen durang o’ynadi, deb xabar bergan edi.