Oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga besh nafargacha doimiy ishchi jalb etilishi mumkin, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
Ilgari ularga 3 nafar xodimni ishga olishga ruxsat berilgan edi, deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan tashqari, bitta oilaviy korxonaning a’zosi boshqa shunga o’xshash korxonada ishlashi mumkin.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil sentabr oyi boshida Oʻzbekistonda 45 mingga yaqin oilaviy korxona faoliyat koʻrsatgan. Ularning aksariyati Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 13 trillion so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan edi.
Avvalroq, «Kursiv» oilaviy biznes uchun kredit limiti uch barobar oshirilishini yozgan edi.