O‘zbekistonda banklar qaysi qoidalarni ko‘proq buzgan

eʼlon qilindi
Huquqbuzarliklarning deyarli yarmi kreditlar bilan bog'liq
Фото: пресс-служба ЦБ

Markaziy bank iste’molchilar huquqlarini nazorat qilish bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Aniqlangan qoidabuzarliklarning aksariyati kreditlar, depozitlar va bank kartalari bilan operatsiyalar bilan bog‘liq. Huquqbuzarliklarning yarmiga yaqini (48 foizi) kreditlar, 29 foizi omonatlarga, 23 foizi bank kartalari bilan operatsiyalarga tegishli.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, banklarning mijozlarga kredit va depozitlar to‘g‘risida ma’lumot bermayotgani, karta to‘lovlarini qabul qilmayotgani asosiy muammo bo‘lgan.

«Ushbu holatlar mavjud bo‘lgan bankning boshqaruv organlari tomonidan bankning reputatsion xatarlarini samarali boshqarishga eʼtibor qaratilmayotganligini, shu jumladan, bankdagi isteʼmolchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil qilish bo‘yicha jarayonlarda “mijozbay» tamoyiliga asoslangan xizmat ko‘rsatish to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarni o‘zini Markaziy bank xodimlari sifatida ko‘rsatuvchi firibgarlar haqida ogohlantirganini yozgan edi.

Shuningdek