Qozog‘istonning Chimkent shahridagi Jumabek Tashenov nomidagi universitetda o‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Markazni tashkil etish tashabbusi Qozog‘iston universiteti bilan hamkorlik qiluvchi Andijon pedagogika institutiga (ADPI) tegishli.
Markaz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan. Bunday muassasalar bir mamlakatning an’analarini boshqasida ommalashtirishga yordam beradi.
Avvalroq Kursiv Britaniya Oksfordida o‘zbek tilini o‘rgatishni boshlashi haqida yozgan edi.