Rapid bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni qanday o‘tdi
Shaxmat bo‘yicha jahon chempionati ikkinchi kun o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.
27-dekabr kuni rapid bo‘yicha shaxmat musobaqasida Nodirbek Abdusattorov yettinchi turda Arjun Erigasi bilan durang o‘ynadi. Sakkizinchi turda Bay Jenshi ustidan ishonarli g‘alabaga erishdi. To‘qqizinchi turda esa yurtdoshimiz rossiyalik Igor Lisiy’ni mag‘lub etdi va FIDE reytingida 29-o‘ringa ko‘tarildi.
Yana bir vatandoshimiz Jahongir Vohidov oltinchi turda Anish Giri ustidan g‘alaba qozondi. Yettinchi turda hindistonlik shaxmatchi Dommaraju Gukesh‘ni mag‘lubiyatga uchratdi. Sakkizinchi turda David Anton Giharro bilan duranga rozi bo‘lishdi. To‘qqizinchi turda Sarin Nihal bilan durang natija qayd etdi va FIDE reytingida 27-o‘rinni zab etdi.
Asosiy favorit Magnus Karlsen yettinchi turda Arjun Erigasi bilan duranga kelishishdi. Sakkizinchi turda Yu Yan’i’ni bilan ham durang natijasini ko‘rsatdi. So‘ngi toqqizinchi turda ham Vinsent Kaymer bilan ham durang bo‘ldi. Hozirda, FIDE reytingida 1-o‘rinda.
Yan Nepomnyashiy yettinchi turda o‘zining vatandoshi rossiyalik yosh shaxmatchi Volodar Murzin‘ga g‘alabani berib qo‘ydi. Sakkizinchi turda esa rossiyalik, lekin Vengriya davlatini himoya qilayotgan Sanan Syugirov ustidan g‘alaba qozondi. To‘qqizinchi turda esa asli Toshkent shahrida tug‘ilgan AQSh’lik Timur Gareyev’ni mag‘lub etdi. FIDE reytingida Nodirbek Abdusattorovdan keyin 30-o‘rinda turibdi.
Ayollar o‘rtasida o‘smirlar o‘rtasidagi Batumi shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatda birinchi bo‘lgan Umida Omonova 27- dekabrda bo‘lib o‘tgan to‘rtta turda har birida mag‘lub bo‘ldi.
Avvalroq, «Kursiv» Nodirbek Abdusattorov belgiyalik shaxmatchi bilan durang o’ynadi, deb xabar bergan edi.