
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat jahon chempionatining rapid bo‘yicha so‘ngi turlariga start berildi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Maksim Chigaev’ni mag‘lub etdi. 11-turda esa navbatdagi g‘alabaga erishdi, uning raqibi Kirill Shevchenko edi. 12-turda yurtdoshimiz Magnus Karlsen bilan durang natijaga erishishdi.

Jahohgir Vohidov niderlandiyalik Jordan Van Forest‘dan ochko’ni olib qo‘ydi. 11-turda Yan Nepomnyashiy bilan durangga kelishishdi.
Magnus Karlsen Vladimir Fedoseev’ni 10- turda mag‘lub etdi. 11-turda esa Puya Idani‘ni yutdi.
Yan Nepomnyashiy David Anton Giharro bilan durang o‘ynadi.

Kechagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan so‘ng Umida Omonova Anjela Franko Valensiya ustidan to‘qqizinchi turda ishonarli g‘alaba qozondi va 10-turda ham g‘alaba seriyasini davom etirdi, raqibi Olga Badelka edi. Biroq, 11-turda Antuaneta Stefanovaga yutqazib qo‘ydi.

Avvalroq, «Kursiv» rapid bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni haqida yozgan edi.