Shuhrat Dusbekov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Bungacha u viloyat fermer va dehqon xo‘jaliklari kengashi rahbari lavozimida ishlab kelgan
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Shuhrat Dusbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokim etib tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

Dusbekov 1980-yilda Toshkent viloyatining Pskent tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Bu lavozimga tayinlangunga qadar u fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati kengashi rahbari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq, «Kursiv» Anvar Sayfutdinov Toshkentning Mirobod tumaniga hokim etib tayinlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek