Termiz shahri va Surxondaryo viloyatining sakkiz tumani gazsiz qoldi

eʼlon qilindi
Magistraldagi nosozlik tufayli
Foto: Piqsels

28-dekabr, payshanba kuni O‘zbekistonning Termiz shahri va Surxondaryo viloyatining sakkizta tumanida gaz ta’minoti to‘xtatildi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.

Bunga Bandixon tumanidagi Muzrabod – Dushanbe gaz quvurida sodir bo‘lgan avariya sabab bo‘lgan.

Shu sababli viloyatning Termiz shahri, shuningdek, Bandixon, Qiziriq, Muzrabod, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Angor va Sherobod tumanlari aholisi gaz ta’minotisiz qoldi.

Favqulodda hodisa oqibatlarini «Hududgaz ta’minot» korxonasi viloyat filialining maxsus guruhlar bartaraf etmoqda.

Avvalroq, «Kursiv» 2025 yilgacha Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasi to‘liq quvvat bilan ishga tushirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek