Banan, baliq va tuxum 2024-yil oxirigacha bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun import bojxona bojining nol stavkasini 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ushbu choraning asosiy maqsadi inflyatsiyani jilovlash va aholini asosiy oziq-ovqat turlari bilan ta’minlashdan iborat.
Gap davlat rahbarining 2022 va 2023 yillarga mo‘ljallangan ikkita qarorida sanab o‘tilgan tovarlar haqida ketmoqda. Roʻyxatlarga goʻsht mahsulotlari, baliq, tuxum, sariyogʻ, banan, sitrus mevalari (limondan tashqari), bolalar kiyimlari, poyabzal va boshqa mahsulotlar kiradi.
2024-yilda nol stavka yangi, sovutilgan yoki muzlatilgan go‘sht, shuningdek, parranda go‘shtining mahsulotlari importiga ham tatbiq etiladi. Ushbu chora kungaboqar, safor va paxta moylariga ham ta’sir qiladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda inflyatsiya bu yil o‘tgan yilga nisbatan pasayganini yozgan edi. Yillik stavka 2022 yildagi 12,3 foizdan noyabr oyida 8,8 foizga yetdi. Kelgusi yilda narxlarning o’sishi Markaziy bankning joriy prognozlaridan yuqori bo’lishi mumkin.