O‘zbekiston 11 ming tonnadan ortiq apelsin import qildi

eʼlon qilindi
11 oy ichida
Foto: Piqsels

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 11,4 ming tonna apelsin import qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Ushbu mevani import qilish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 ming tonnaga oshgan va 7,5 million dollarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston eng ko‘p apelsinni Erondan – 4,9 ming tonna, Misrdan – 2,3 ming tonna, Janubiy Afrika Respublikasidan – 2,2 ming tonna sotib oldi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda mandarin narxi tushgani haqida yozgan edi.

Shuningdek