Umida Omonova ketma-ket besh nafar shaxmatchi, jumladan, klassik yo‘nalishi jahon chempionini ham mag‘lub etdi

eʼlon qilindi
Ju Ven Ju ustidan g‘alaba qozondi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Hamyurtimiz Umida Omonova blitz’ning oltinchi turida ayollar o‘rtasidagi klassik shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Ju Ven Ju’ni mag‘lub etdi.

Dastlabki olti tur natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi birinchi bosqichda qozog‘istonlik Nurgali Nazerka’ga imkoniyatni boy berib, keyingi besh raundda g‘olib bo‘lib chiqdi.

Boshqa yurtdoshimiz 14-yoshli Afruza Hamdamova uchta raqibini mag‘lub etib, bir o‘yinni durang bilan yakunladi va ikkita mag‘lubiyatga uchradi.

Kecha rapid bo‘yicha jahon chempioni deb e’lon qilingan Anastasiya Bodnaruk olti raundni beshta g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan yakunladi – ikkinchi turda Ana Matnadze’ga imkoniyatni boy berdi.

Rapid bo‘yicha jahon chempioni Magnus Karlsen oltinchi turda o‘zbekistonlik Shamsitdin Vohidovni mag‘lub etdi. Bu o‘zbekistonlik sportchining olti raund davomidagi ilk mag‘lubiyatidir. O’tgan o’yinlarda u to’rtta raqibini mag’lub etib, beshinchi turda Daniil Dubrov bilan durang o‘ynadi.

Nodirbek Abdusattorov oltinchi turda Arystan Isanjulovni, to‘rtinchi turda Mittal Aditya’ni mag‘lub etdi, beshinchi turda Mihail Bryakinga imkoniyatni boy berdi.

Avvalroq, «Kursiv» Jahongir Vohidov Magnus Karlsen bilan durang o‘ynadi, deb xabar bergan edi.

Shuningdek