Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi

eʼlon qilindi
Ushbu lavozimni Elorbek Karimov egalladi
Foto: Mariakray / Pixabay

Elorbek Karimov Andijon viloyatining Izboskan tumaniga hokim etib tayinlandi, deb xabar qildi viloyat hokimligi.

Karimov 1986-yilda tug‘ilgan, 2008-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini viloyat g‘aznachiligi va moliya boshqarmalarida boshlagan. Izboskan tumani hokimining oʻrinbosari boʻlgan.

Avvalroq, «Kursiv» Izboskan tumanning sobiq rahbari hibsga olingani haqida yozgan edi. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Shuningdek