«Bu turnirga juda kuchli shaxmatchilar kelgan». «Kursiv» muxbiri o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionining otasi bilan suhbatlashdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘ylaymanki, Afruza Hamdamovada g‘alaba qozonish imkoniyati bor, dedi Akbar Hakimov
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat rapid va blitz bo‘yicha jahon chempionatida «Kursiv» o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat boyicha jahon chempioni Afruza Hamdamova‘ning otasi Akbar Hakimov bilan suhbatlashdi.

2023-yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqidagi ilk taassurotlaringiz qanday? Umida ushbu musobaqadagi o’yinini qanday baholaysiz?

Rapid bo‘yicha chempionatda kattaroq natijaga erishishi mumkin edi. E‘tibor ko‘p bo‘ldi. Chunki hayajon bosdi, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan turnirdan keyin dam olgani yoq, charchoq bosdi. Keyin turnirlar turi farq qiladi, standart, blitz, rapid har hil bo‘ladi. Hudo hohlasa blitz‘da yuqori o‘rinlar oladi deb o‘ylayman.

—Sizning hamyurtingiz qaysi raqiblar bilan o‘zini yaxshi ko‘rsatdi?

 Bu turnirga juda kuchli shaxmatchilar kelgan. Erkaklar o‘rtasida grossmeyster unvonini ayol shaxmatchilar ham ishtirok etishmoqda. Kamida, 15-ayol grossmeyterlar erkaklar ichida ham grossmeyster hisoblanadi. Chunki jahon chempionatda faqat kuchli shaxmatchalar ishtirok etadi. Qizlardan-Katerina Lagno, Aleksandra Goryachkina, Salimova Nurgul va xitoylik  grossmeystertlar Tan Jo va Ju Ven Ju qizlar eng zo‘r sportchilar deb hisoblanadi, qozog‘istonlik Bibisara Asalbayeva ikki kara jahon chempioni bo‘lgan blitz bo‘yicha, bularning barchasi chempionlikga asosiy davogarlardan hisoblanadi. Endi o‘ylaymizki bizning yurtimizdan ham champion bo‘lishiga ishonamiz.

—Shaxmatchilarni kun tartibini etib bersangiz, qanday mashq qilishadi?

 Allbata, har bir shaxmatchi, kunini belgilab qo‘yadi. Ertalab turib badan tarbiya qiladi, va tushlikgacha uch soat shaxmat bilan shug‘ulanadi. Tushlikdan keyin yana uch soat shug‘ulanadi, kuniga olti soat mashq qiladi har kuni. Eng zo‘r shaxmatchilar masalan, Nodirbek Abdussatorov va Javohir Sindarov kuniga sakkiz soat shaxmat bilan shug‘ulanishadi. Bular o‘zini bu kun tartibiga moslashtirishgan.

—Ushbu blits-turnirda O‘zbekistondan Umida Omonovadan tashqari kimlar g‘oliblikga davogar?

O‘ylaymanki, Afruza Hamdamovada g‘alaba qozonish imkoniyati bor, Xulkar Toxirjonova ham dastlabki davralarda yaxshi o‘ynayapti. To‘qqiz turdan keyin aniq rasm bo‘ladi.

—Sportchilarimizning kayfiyati qanday?

Kayfiyat a’lo, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sa’dullayevning o‘zi sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlab, g‘alaba qozonishga undamoqda.

—Rejalaringiz haqida gapirib bera olasizmi? Kelajakda ayol shaxmatchilarni qanday rivojlash kerak?

Ikki yildan so‘ng Samarqandda butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi va biz ushbu turnirga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bizda erkaklar va ayollardan iborat uchta jamoa qatnashadi. Umid qilamanki, sportchilarimiz bo‘lajak Olimpiadada sovrinli o‘rinlarni egallaydi.

—Bu yerda ishtirok etmayotgan, biroq bo‘lajak Olimpiadada yaxshi natija ko‘rsatishadigan shaxmatchi qizlar bormi? Ularning ismlarini aytib bera olasizmi?

Ha, albatta, 12-13 yoshli shaxmatchilarimiz bor. 13-yoshli qizaloq Nilufar Imomqo’zieva, Moxinur Karimova, Guldona Karimova bo’lib, ularning barchasi bo’lajak turnirlarga tayyorgarlik ko’rmoqda. Kelasi yili O‘zbekiston chempionati bo‘ladi va kelajakdagi Olimpiadaga kimni tanlashimiz aniq bo‘ladi.

—O’zbekistonning shaxmatdagi kelajagi porloq bo‘ladimi?

Prezidentimiz mamlakatimizda shaxmatni rivojlantirishni juda qo‘llab-quvvatlamoqda. Shaxmatchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda mablag‘ ajratadi.

Shuningdek