«Kursiv» Samarqand shahrida blitz bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempioni Valentina Gunina bilan suhbatlashdi.
—O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan shaxmat jahon chempionati mamnunmisiz? Qulay sharoitlar yaratishdimi tashkilotchilar?
Bu yerdagi tashkilotchilik menga juda yoqdi, bu g‘alaba qozonganim uchun emas, balki turli mamlakatlarda bir nechta jahon chempionatlarida ishtirok etganligim uchun aytvoman. Konferens zali juda ixcham va hamma kerakli narsalar bir joyda. Tanaffuslar cho‘zilgani menga sezilmadi, chunki biz hammamiz bir joyda bo’lganimizga qaramay, bu biz uchun qulay edi. Aslida, ko’chaga chiqish mumkin edi, lekin kechqurun sovuq bo’lishini kutmagan edim. Akam ham menga Qozog‘istonda dasht bo‘lgani uchun doim shamol esishi va bu yerda ham sovuq bo‘lishi haqida aytgan edi.
—Samarqanad shahri haqida tassurotlaringiz qanday?
Afsuski, men Samarqandni aylanolmadim, chunki men diqqatimni jamlab, tayyorgarlik ko’rayotgan edim va sog’lig’im yaxshi emasligi sabab ko‘p harakat qilish men uchun juda qiyin. Hatto matbuot anjumanida ham diqqatimni to‘plashim uchun ko‘p kuch sarfladim.
—Nima sizga yordam berdi va turtki bo‘ldi?
Men o‘ynaganimda [yordam beradigan] tabletkalar ichaman. Boshqa ilojisi yo‘q. Odam faqat o’ziga motivatsiya berishi mumkin, konsentratsiya baribir yo‘qoladi. Gap shundaki, men terapiyadan o‘tyapman va o‘zimni biroz yaxshi holatda saqlash uchun va diqqatimni saqlashga qahva yordam beradi. Menga motivatsiya beradigan odamlar bilan gaplashaman. Biz ko‘p vaqtimizni nonushtada o‘tkazdik, jamoamiz bilan birga bo‘ldik, suhbatlashdik va keyin murabbiy bilan qo‘ng’iroq qildik. Oldingi o‘yinlarni tahlil qildik, u qayerda xatolarim borligini, qayerda yana qiziq narsa borligini tushuntirib berdi.
—Oldin sog‘ligiz bilan muammolar bor edi, hozir ham qiynalyapsizmi?
Ba‘zan men uchun shaxmat doskasiga shaxmat donasini qo‘yish og‘irlik qiladi. Ya’ni, men uni ushlab turaman va barmoqlarimni bo‘shatishim kerakligini tushunaman. Buni rapid’da qilish osonroq, chunki u yerda ko‘proq vaqt bor. Va bu yerda siz panjalaringizni tezroq harakatlantirishingiz kerak. Men panjali mushukman – bu memdan (kuladi). Ba‘zida miyam o‘chadi. Xo‘sh, yaxshi, keyin men, oh, qo‘lim ishlamay qoladi. Tanangiz bilan kelishvolishingiz kerak bo‘ladi.
—Qaysi shaxmat ustalari bilan o‘ynash sizga qiziq bo‘ldi?
Hamma bilan. Mana, oxirgi [turda] juda qiziq bo‘ldi.Men qanday qilib qiyinchiliklarni uddalay oldim, chunki men terapiyada stressga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatiga egaman. Men u yerda terapiyaning ikki bosqichini tugatganman.
Avvalroq, «Kursiv» Magnus Karlsen blitz bo’yicha jahon chempioni bo‘ldi, deb xabar bergan edi.