Afg‘onistonda bir kun ichida ikkinchi marotaba zilzila qayd etildi
eʼlon qilindi
Ikkinchi zilzila 5 magnitudaga yetdi
3-yanvar kuni (Toshkent vaqti bilan) soat 14:24 da Afg‘onistonda yer qimirlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoringi markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Zilzila kuchi 5 ballga yetdi. Zilzila epitsentri mamlakat shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatida joylashgan. Zilzila o‘chog‘idan O‘zbekiston poytaxtigacha bo‘lgan masofa 482 km tashkil etdi.
Bu mintaqada bir sutka ichida sodir bo‘lgan ikkinchi yer qimirlashi. 4 magnitudali birinchi silkinishlar Toshkent vaqti bilan 00:26 da sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi yilning birinchi kunida Yaponiyaning markaziy hududlarida ketma-ket 160 ta yer silkinishi sodir bo‘lgan, buning natijasida 64 kishi halok bo‘lgan edi. Zilzilalardan birining magnitudasi 7,6 yetgan edi.