IT Park rezidentlariga multfilmlar chizishga ruxsat berildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, venchur moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi
Foto: VitalikRadko / depositphotos.com

O‘zbekiston hukumati IT Park rezidentlari ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirdi. Ular orasida multfilmlar ishlab chiqarish ham bor, deb xabar qildi Raqamli tehnologiyalar vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, ularga multimedia va dizayn xizmatlarini ko’rsatishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, rezidentlar IT sohasida venchur moliyalashtirish bilan shug‘ullanishlari va kiber sport yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilning to‘qqiz oyida IT-Park rezidentlari tomonidan xizmatlar eksporti 238 mln dollardan oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan uch barobar ko‘pdir. Mijozlarning asosiy qismi Shimoliy Amerika va Yevropa Ittifoqidan.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil sentabr oyi boshida 200 dan ortiq kompaniya IT Park rezidenti maqomini yo‘qotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek