Yangiliklar

O‘zbekiston ilmiy markazida birinchi marta jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi

Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi
Foto: videodan kadr

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida birinchi jigar transplantatsiyasi operatsiyasi amalga oshirildi. Jarrohlik aralashuvi muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Uzoq vaqt davomida sirrozdan davolangan bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi. Uning opasi donor bo‘ldi.

Operatsiyani o‘zbekistonlik mutaxassislar hindistonlik hamkasblari bilan birgalikda amalga oshirishdi.

Avvalroq, «Kursiv» Xorazmda laparoskopik usulda buyrak ko‘chirib o‘tkazilgani haqida e’lon qilgan edi.