O‘zbekiston Qozog‘istondan un mahsuloti importini uchdan bir qismga oshirdi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilning yanvar-oktabr oylari natijalariga ko‘ra
Фото: belchonock/Depositphotos

2023-yilning o‘n oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekiston 440,7 ming tonna qozoq unini xarid qildi. Bu 2022-yilga nisbatan 33.3% ko‘p, deb xabar berdi Enegryprom.kz.

Pulga chaqqanda import 107,8 mln dollardan 133,2 mln dollarga oshdi. Shu bilan birga, mamlakatimiz MDH davlatlari orasida un mahsulotning asosiy xaridoriga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz yanvar-iyul oylarida Qozog‘istondan 308,4 ming tonna un import qilgan bo‘lib, bu besh yil davomida yetkazib berish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichni yangilagan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Qirg‘iziston O‘zbekistonga un eksport qilish bo‘yicha besh yillik rekordni yangilagani haqida yozgan edi.

Shuningdek