Yangiliklar

O‘zbekistonda fotoelektr stansiyalarining umumiy quvvatini 2,6 gigavattgacha oshirish rejalashtirilgan

Buyruq Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan
Foto: Prezident matbuot- xizmati

O‘zbekistonda yashil elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash qurulmalarini yaratish bo‘yicha o‘ndan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda bir kun avval, prezident Shavkat Mirziyoyev oʻtkazgan yigʻilishda ma‘lum boʻldi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.

Boshlangan loyihalarni kelgusi yilda yakunlash rejalashtirilgan. Fotoelektr stansiyalarning (FES) umumiy quvvati 2,6 gigavattga, shamol elektr stansiyalarining (ShES) 900 megavattgacha oshirilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 400 megavatt quvvatga ega energiya saqlash qurulmalarini ishga tushiriladi.

O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Fransiya, Shveytsariya kompaniyalari bilan hamkorlikda yashil energiya loyihalari amalga oshiriladi.

2023-yilda yettita loyiha amalga oshirildi.

Avvalroq, «Kursiv» Mirziyoyev yil oxirida umumiy quvvati 2,4 gigavatt bo‘lgan beshta quyosh va bitta shamol elektr stansiyasini ishga tushirilshi uchun start bergani haqida e’lon qilgan edi . Stansiyalar O‘zbekistonning olti viloyatida joylashgan.