Yangiliklar

Rud Pedersen Korzinka.uz bosh direktori etib tayinlandi

U 1-yanvardan ishni boshladi
Foto: Korzinka.uz

Rud Pedersen Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ining bosh direktori bo‘ldi. U bu lavozimni joriy yilning boshida egallagan edi. Bungacha bosh direktor vazifasini bajarib kelgan Akmal Asadov o‘rinbosarlikka tushirildi.

Pedersen ushbu kompaniyada 2022-yilning yozida moliyaviy direktor sifatida ish boshlagan va Korzinka.uz moliyaviy boshqaruvini trasformatsiyasi uchun mas’ul bo‘lgan. 

Endi u operatsion jarayonlar va strategiyani amalga oshirish uchun javob beradi.

«Aminmanki, undagi yangi qarashlar, shaxsiy sifatlar va malaka «Korzinka»ga yangi cho‘qqilarga chiqish va odatdagidan yaqinroq bo‘lishda davom etishida yordam beradi”—– deydi kengash raisi Zafar Hoshimov.

Avvalroq, «Kursiv» Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘zbekistonlik riteylerga «yashil» tarqatish markazi qurilishi uchun 25 mln dollar ajratishi xabar qilgan edi. Buning hisobiga kompaniya chakana savdo tarmog‘ini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.