Silk Avia aviakompaniyasi Toshkentdan Qarshiga har kunlik reyslarni boshladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bir tomonga chipta narxi 191 ming so‘mdan boshlanadi
                    
                            
Silk Avia aviakompaniyasi Toshkentdan Qarshiga har kuni muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Shanba kunlari Toshkentdan uchish soat 19:00da, haftaning qolgan barcha kunlarida 08:20 da amalga oshiriladi.
Bir tomonga chipta narxi 191 ming so‘mdan boshlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston aviakompaniyasi «Samarqand – Turkiston – Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida e’lon qilgan edi.
