Silk Avia aviakompaniyasi Toshkentdan Qarshiga har kuni muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
Shanba kunlari Toshkentdan uchish soat 19:00da, haftaning qolgan barcha kunlarida 08:20 da amalga oshiriladi.
Bir tomonga chipta narxi 191 ming so‘mdan boshlanadi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston aviakompaniyasi «Samarqand – Turkiston – Samarqand» yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida e’lon qilgan edi.