Onlayn davlat xizmatlari portali foydalanuvchilari sodir bo’lgan yong’in haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
Hujjatni olish uchun portalda ro’yxatdan o’tish kerak bo‘ladi, so’ngra «Ma’lumotnomalar» bo‘limida ushbu xizmatni tanlash kerak bo‘ladi.
Bunda ma’lumotnoma olish muddati besh ish kunini tashkil etadi. Ushbu hujjat sug‘urtachilarga yoki turli tashkilotlarga ma’lumot beradiganlar uchun zarurdir.
Eslatib o‘tamiz, davlat xizmatlari portali 2013-yil yoz boshida ishga tushirilgan edi. Ta’lim, oila, iqtisod va boshqa sohalarda turli xizmatlar ko‘rsatadi. Bugungi kunda foydalanuvchilar saytda 575 ta xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma onlayn tarzda berilishi mumkinligini yozgan edi.