Amerikaning elektromobil ishlab chiqaruvchisi Tesla 2023-yilning to‘rtinchi choragida ilk bora Xitoyning BYD konserniga ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchiligini berib qo‘ydi, deb ma’lum qildi Le Figaro.
O‘tgan yilning so‘nggi uch oyida Tesla 484,5 mingga yaqin mashina ishlab chiqargan. BYD Group shu vaqt ichida 526,4 mingta elektromobil ishlab chiqardi.
Shu bilan birga, Amerika kompaniyasi yil yakunida o’z yetakchiligini saqlab qoldi. 12-oy ichida bozorda 1,81 mln Tesla avtomobili sotuvda bo‘ldi. Ishlab chiqarilgan BYD elektromobillari soni 1,57 mln dona edi.
Rejalashtirilgan mahsulotga texnik xizmat kor‘satish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, Tesla yil davomida elektromobil ishlab chiqarish planini bajardi.
Avvalroq, «Kursiv» Tesla hamyonbop elektromobil yaratmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.