Yangiliklar

Toqayev Qozog‘iston prezidenti lavozimiga qayta saylanmoqchi emas

Amaldagi prezident Konstitutsiyani shu maqsadda o‘zgartirish niyatida emas
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot- xizmati

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat rahbari saylovida yana ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun mamlakat Konstitutsiyasini o‘zgartirmoqchi emas. Bu haqda u Egemen Qazaqstan nashriga bergan intervyusida gapirdi.

«Bu (qayta saylanish haqidagi mish-mishlar – Tahr.) dezinformatsiya. Ishonchim komilki, Konstitutsiyaga o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirishlar kiritish, ayniqsa, bunday fundamental masala bo‘yicha endi mumkin bo‘lmaydi», — dedi Tokayev jurnalistning savoliga javob berar ekan.

Qozog‘iston rahbari Konstitutsiyadagi bir martalik prezidentlik muddati to‘g‘risidagi qoida o‘zgarmasligini qo‘shimcha qildi: «Ushbu norma davlatimiz mustaqilligi, birlik, hududiy yaxlitligi va davlat boshqaruv shakli haqidagi normalar kabi o‘zgarmasdir».

Qozog‘iston Konstitutsiyasining amaldagi tahririga ko‘ra, mamlakat prezidenti bir marta saylanishi mumkin, uning vakolat muddati yetti yil davom etadi.

Avvalroq, «Kursiv» Tokayev O‘zbekistonga 2019-yilda kelgan, deb xabar bergan edi.