Toshkent Fitch reytingini qaytarmoqchi

eʼlon qilindi
Qaror poytaxt Kengashi tomonidan tasdiqlandi
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Toshkent hokimiyati yana Fitch kredit agentligidan reyting olish niyatida. Qaror xalq deputatlari poytaxt Kengashi tomonidan o‘tgan yil dekabr oyi oxirida tasdiqlangan edi.

Tashkilot bilan takroriy shartnoma tuzish uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida Fitch agentligi shahar hokimiyatining qarori tufayli Toshkentning reytingini qaytarib olgan edi.

Agentlik ilk bor 2019-yil yozida respublika poytaxti reytingi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilgan edi. 2023-yil dekabr oyi boshida u «BB-» darajasida edi (prognoz «barqaror»).

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yilning noyabr oyida Fitch UzAuto Motors reytingini «BB-» darajasida tasdiqlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek