
Toshkent viloyatida jamoat transportida yo‘l haqi qimmatlashdi. Bu haqda viloyat hokimi Zoir Mirzayevning 29-dekabrdagi qarorida aytilgan.
Endi avtobusda yo‘l narxi 1,5 ming so‘m, mikroavtobusda (marshrutkada) esa 2 ming so‘m.
Yangi tariflarni joriy etish viloyat transport boshqarmasi, shuningdek, Chirchiq, Olmaliq va Angren shahar hokimliklariga yuklatildi.
Avvalroq «Toshshahartransxizmat» Toshkent shahridagi jamoat transporti tariflarini qayta ko‘rib chiqqan edi. 1-noyabrdan boshlab avtobus va metroda yo‘l haqini bank va transport kartasi bilan toʻlashda bir xil boʻldi.